Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Lester» o‘z maydonida tor-mor etildi

 «Lester» o‘z maydonida tor-mor etildi

Foto: «Sport.times.am»

Angliya premer-ligasining (APL) to‘rtinchi turida «Lester» o‘z maydonida «Vest Xem»ga mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda «Lenta.ru» muxbiri xabar berdi.

Uchrashuv 4-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi va 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. Maykl Antonio, Pablo Fornals va Jared Bouen darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Lester» uchun ushbu mag‘lubiyat mavsumdagi birinchisi bo‘ldi. Jamoa hisobida to‘qqiz ochko bo‘lib, chempionatda ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Vest Xem» olti ochko jamg‘arib, yettinchi pog‘onadan joy egalladi.

Keyingi turda «Lester» 17-oktyabr kuni o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi. «Vest Xem» esa o‘shandan bir kun keyin mehmonda «Tottenxem» bilan o‘ynaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring