Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Lokomotiv» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani mag‘lubiyatga almashdi

«Lokomotiv» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani mag‘lubiyatga almashdi

Foto: the-afc.com

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va «Al Duhayl» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvdagi hisobni 35-daqiqada Sardor Rashidov ochdi. Ammo uchrashuvning so‘nggi daqiqalari «temiryo‘lchilar» uchun nihoyatda omadsiz kechdi.

Avvaliga, 90-daqiqada Salim Mustafoyev raqib futbolchisini jarima maydoni ichida chalib yiqitgani uchun penalti belgilandi. Ammo Mustafoyev raqib jamoa hisobni tenglashtirgandan so‘ng ham «tinchimadi». Oradan biroz vaqt o‘tgach u qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va «Al Duhayl» ikkinchi golni Nesterov darvozasiga yo‘lladi.

Shu tariqa, «Lokomotiv» ushbu jamoaga qarshi ikkinchi o‘rinda ham alamli mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Chempionlar ligasi
«B» guruhi. 4-tur
«Lokomotiv» — «Al-Duhayl» 1:2
Gollar: Sardor Rashidov, 35 (1:0). Al-Arabiy, 90-pen (1:1). Al-Arabiy, 94+ (1:2).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring