Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe: ishtaha va iqtidor...

Mbappe: ishtaha va iqtidor...

Foto: «Global Look Press»

«Mediapart» axborot-portali 2017-yilning yozida 19 yoshli Kilian Mbappening «Monako»dan PSJga transferi jarayonidagi ayrim tafsilotlarni oshkor qildi.

O‘shanda yosh iqtidor poytaxt klubi rahbarlaridan jami 55 million yevroni o‘z ichiga olgan besh yillik shartnoma talab qiladi. Bundan tashqari, mabodo, moliyaviy «feyr-pley» sabab PSJ klubi UYeFA chempionlar ligasidan chetlatilgudek bo‘lsa, qo‘shimcha tovon puli to‘lashi, agar «Oltin to‘p» sohibiga aylansa, jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchisiga aylanishi kerak. Shuningdek, o‘ziga shaxsiy samolyot ajratish ham maqsadga muvofiqligini qo‘shimcha qilgan.

Futbolchining shu tariqa katta talablar qo‘yishi bejiz emas: o‘sha paytda yorqin o‘yinlari bilan barchani lol qoldirayotgan yosh fransuzga Madridning «Real» klubi ham jiddiy qiziqish bildirib, uning uchun 214 millon yervo to‘lashga tayyor edi-da. Parij klubi futbolchining maosh borasidagi barcha talablarini to‘la, boshqalarini esa qisman qanoatlantiradi. Natijada Mbappe jamoada bir yil ijara asosida o‘ynagach, 180 million yevro evaziga klubning to‘laqonli a’zosiga aylandi.

Yaqinda «CIES Football Observatory» kompaniyasi futbolchilarning transfer narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Mbappening narxi 216,5 million yevroni tashkil etadi. Ayni paytda kimsan Ronaldu yoki Messining narxi ham bunchalik baland emas. Demak, ishtaha ham iqtidorga yarasha ekan-da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring