Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi «Chelsi»ga biror marta gol urolmagan. Hatto penaltidan ham

Messi «Chelsi»ga biror marta gol urolmagan. Hatto penaltidan ham

Foto: «Eurosport»

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yevropa chempionlar ligasining nimchorak finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Qiziqarli fakt shundaki, shu paytgacha qadar chempionlar ligasida yuzga yaqin gol urgan hujumchi biror marta «Chelsi» darvozasini ishg‘ol eta olmagan.

Messi birinchi bor 2006 yilda musobaqaning nimchorak final bosqichida «aristokratlar»ga to‘qnash kelgan. O‘shanda argentinalik iqtidor jamoaning asosiy figurasi emasdi va keyingi bosqichga o‘tish uchun Messining goliga ehtiyoj tug‘ilmagan. Keyinchalik guruhda ikki bor, 2009 va 2012 yillarda ikki bor yarim finalda to‘qnash kelgan bo‘lsa-da, Leo to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmagan edi.

Umuman, shu paytgacha o‘tkazilgan ikki jamoa ishtirokidagi sakkiz o‘yinning birortasida Leoga biror marta gol urish nasib etmadi. U ana shu o‘yinlarning yettitasida to‘liq o‘ynagan, faqat bittasida jarohat tufayli zaxiraga olingan. U «Chelsi» darvozasiga 29 marta zarba yo‘llagan, bir marta penaltidan ham gol ura olmagan.

Yevrokuboklarda Lionel Messidan gol o‘tkazmagan jamoalar orasida «Atletiko», «Benfika», «Inter», «Liverpul», «Udineze» va «Rubin» klublari ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring