Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murodjon Ahmadaliyev uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi

Murodjon Ahmadaliyev uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi

Foto: «Youtube»

Rio Olimpiadasi hamda jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev bugun professional boksdagi o‘zining uchinchi jangini o‘tkazdi. U argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Olti raundlik jang g‘olibi ochkolar bo‘yicha aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan Murodjonning g‘alabasini qayd etishdi.

Molina bungacha professional ringdagi faoliyati davomida 12ta jang o‘tkazgandi. Shularning 7tasida raqiblarini mag‘lub etgan.

Murodjon Ahmadaliyev esa prof boksda bugungisi bilan hisoblaganda uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Avvalgi ikkita jangida raqiblarini nokautga uchratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring