Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navro‘z marafoni. Eksklyuziv video va fotoreportaj

Navro‘z marafoni. Eksklyuziv video va fotoreportaj

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 20-mart kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamkorligida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan respublikamiz barcha hududlarining markaziy ko‘chalarida 21 km. masofadan iborat bo‘lgan «Navro‘z — 2018 marafoni»ni bo‘lib o‘tdi.

Marafon 2018 metr, 3 km., 21 km.dagi masofalarda 10-11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, OTM talabalari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi.

G‘oliblar taqdirlandi!

  • 21 km. — birinchi 10 talik uchun mukofot — velosiped, keyingi 300 kishi uchun mukofot — medal
  • 3 km. — birinchi 3 talik uchun mukofot — velosiped, diplom, medal
  • 2018 m. — birinchi 3 talik uchun mukofot — velosiped, diplom, medal

2018 m.ga yugurish bo‘yicha velosipedni qizlar qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 3 km.ga yugurish bo‘yicha o‘g‘il bolalarning qo‘li baland keldi va velosiped bilan taqdirlanishdi. 21 km.ga yugurish bo‘yicha 5 nafar o‘g‘il va 5 nafar qiz bola g‘olib bo‘lishdi.

21 km.ga birinchi bo‘lib yetib kelgan 300 nafar ishtirokchi medalga sazovor bo‘lishdi.

Qolgan barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari topshirildi.

E’tiborlisi, 16 nafar paralimpiyachi sportchilari homiylar sovg‘asi bilan takdirlanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring