Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov kutib olindi

Nodirbek Abdusattorov kutib olindi

Bugun, 17 fevral kuni erta tongda Germaniyada o‘tkazilgan “Freestyle Chess” bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Nodirbek Abdusattorov Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

300 ming AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega nufuzli musobaqada dunyoning 8 nafar eng kuchli shaxmatchilari o‘zaro bahs olib bordi. Shiddatli va murosasiz kechgan uchrashuvlar yakunida grossmeysterimiz jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu natija orqali Abdusattorov 40 ming AQSh dollari mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Nodirbek bronza medali bilan birga 2027 yilda o‘tkaziladigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

Kutib olish marosimida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari, sport jamoatchiligi va ko‘plab muxlislar ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring