Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OFK rasmiy sayti Odil Ahmedovni «OChL yulduzi» deb atadi. Uning 93 foiz uzatmasi aniq chiqqan

OFK rasmiy sayti Odil Ahmedovni «OChL yulduzi» deb atadi. Uning 93 foiz uzatmasi aniq chiqqan

Foto: OFK rasmiy sayti

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi va Avstraliyaning «Melburn Viktori» jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv haqida maqola chop etildi. Unda hamyurtimiz Odil Ahmedovning sha’niga iliq fikrlar bildirilgan.

«Fab Four» stadionida Xalk, Oskar, Elkson va Vu Leyning harakatlari barchaning maqtoviga sazovor bo‘ldi. Ammo buning zamirida yarim himoyadagi futbolchilar — Odil Ahmedov va Choy Xuikangning mashaqqatli mehnati yotibdi.

Ikki markaziy yarim himoyachi — Choy Xuikang va Odil Ahmedov maydon markazida raqib hujumlarini buzish va o‘z jamoasi jamoasi hujumlarini tashkil qilish, avstraliyaliklar himoyasiga muntazam bosim uyushtirishda katta faollik ko‘rsatdi.

Xususan, Osiyo chempionlar ligasi yulduzlaridan biri Odil Ahmedov o‘z harakatlari bilan jamoasiga katta yordam beryapti. U seshanba kuni 44 marta uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, ularning 93 foizi aniq chiqqan. U shuningdek, darvoza tomon uch marta zarba yo‘llashga ham muvaffaq bo‘ldi», — deyiladi manbada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring