Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksana Chusovitina o‘z maktabini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi

Oksana Chusovitina o‘z maktabini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi

Foto: «Uza.uz»

Ma’lumki, joriy yilning avgust oyida davlatimiz rahbari Tokio olimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolovning sport maktablarini tashkil etish bo‘yicha alohida ko‘rsatma bergandi.

Bugun Davlat xizmatlari agentligi o‘z saytida jahon sportining tirik afsonasi bo‘lgan gimnastikachimiz Oksana Chusovitinaning sport maktabi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi xabarni chop etdi.

Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina Tokiodagi olimpiada o‘yinlaridan keyin faolitini yakunlaganini e’lon qilgandi. 2016-yilda u 7 olimpiadada qatnashgan sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. Tokio olimpiadasi uning uchun sakkizinchisi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring