Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Olimpiada-2028: Gimnastikachilarga sun’iy intellekt hakamlik qilishi mumkin — The Athletic

Olimpiada-2028: Gimnastikachilarga sun’iy intellekt hakamlik qilishi mumkin — The Athletic

Los-Anjeles shahri mezbonlik qiladigan 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlarida gimnastika musobaqalarini sun’iy intellekt baholashi mumkin, deb xabar berdi The Athletic nashri.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi baholash bilan bog‘liq janjallarning oldini olish maqsadida sun’iy intellektni (SI) joriy etish masalasini muhokama qilmoqda.

Ushbu tizim Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida sinovdan o‘tdi: SI chiqishlarni tahlil qilib, hakamlarga ball qo‘yishda ko‘maklashdi.

Olimpiadada yakuniy qaror baribir insonlar tomonidan qabul qilinadi, biroq federatsiya rahbari Morinari Vatanabe kelajakda baholashni to‘liq sun’iy intellektga topshirmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring