Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonga qarshi o‘yinga tayyorlanayotgan O‘zbekiston OTJ bugun «Bunyodkor» bilan o‘ynaydi

Hindistonga qarshi o‘yinga tayyorlanayotgan O‘zbekiston OTJ bugun «Bunyodkor» bilan o‘ynaydi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi «Chig‘atoy» sport majmuasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishgan. Ayni vaqtda jamoa Osiyo chempionati saralashi doirasida Hindiston va Tojikistonga qarshi kechadigan o‘yinlarga tayyorgarlik olib bormoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar 22-26 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bugun Olimpiya terma jamoasi a’zolari yig‘in doirasida «Bunyodkor»ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishadi.

Uchrashuv soat 16:30da «Milliy» stadion mashg‘ulotlar maydonida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston va Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Saralash o‘yinlarining taqvimi quyidagicha:
22 mart, 17:00
O‘zbekiston – Hindiston («Paxtakor» stadioni)
24 mart, 17:00
Tojikiston – Hindiston («Paxtakor» stadioni)
26 mart, 17:00
O‘zbekiston – Tojikiston («Paxtakor» stadioni)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring