Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek futbolchilari Yevropa bozorida eksport markaziga aylanishi mumkin – belaruslik mutaxassis

O‘zbek futbolchilari Yevropa bozorida eksport markaziga aylanishi mumkin – belaruslik mutaxassis

Belarusning FA Playsport agentligi rahbari Vladimir Osipov Eurasia Football’ga bergan intervyusida Markaziy Osiyo futbolchilari transferlari haqida fikr bildirdi va mintaqadagi chempionatlar darajasini taqqosladi.

Osipovga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli chempionat hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik futbolchilar qirg‘iz o‘yinchilari kabi texnik jihatdan yaxshi tayyorlangan, biroq jismonan kuchliroq va barqarorroq.

Shu bilan birga, u O‘zbekistonda yoshlar tayyorgarligi tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Uning fikricha, hozir Qirg‘iziston Premer-ligasi ham aynan O‘zbekiston modeli asosida rivojlanishga harakat qilmoqda.

Osipovning fikricha, Markaziy Osiyoning futbolchilar yetkazib berish borasida istiqboli bor. Ayniqsa o‘zbekistonlik futbolchilar uchun. Ularning tayyorgarligi yuqori va jismoniy salohiyati kuchli. Biroq moslashish masalasi dolzarb: ko‘pchiligi juda kamtar, jamoaga tez singib ketishda qiynalishi mumkin.

Shu bilan birga, pasport va viza masalasi ham muhim omil sifatida qayd etildi. Masalan, serb futbolchilari Yevropa hududiga yaqinligi va ayrim yengilliklar sababli hujjat jihatidan kamroq to‘siqqa uchraydi. Qirg‘iz, o‘zbek yoki belarus futbolchilari esa ko‘proq rasmiy jarayonlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Osipovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekiston siyosiy-diplomatik darajada viza rejimini yengillashtira olsa, o‘zbek futbolchilari Yevropa bozorida eksport markaziga aylanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring