Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi uchun bahavo hududda, suv bo‘yida qarorgoh quriladi

O‘zbekiston terma jamoasi uchun bahavo hududda, suv bo‘yida qarorgoh quriladi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti – Abdusalom Azizov milliy hamda olimpiya terma jamoalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy suhbat tarzida o‘tgan ushbu uchrashuvda futbolimiz rahbari muhim bir yangilikni ma’lum qildi.

«Futboli rivojlangan mamlakatlarda milliy terma jamoalar doimiy yig‘inlar o‘tkazadigan zamonaviy bazalarga ega. Mana shu qarorgohlarda katta turnirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bizda shu kungacha terma jamoalar mehmonxonalarda istiqomat qilib, mashg‘ulot o‘tkazish uchun har-xil maydonlardan foydalanib kelmoqda. Bu esa bugungi kun talablariga mos emas.

Shuni inobatga olgan holda assotsiatsiya tomonidan terma jamoalarimiz uchun yangi baza barpo etish rejasi ishlab chiqildi va bu boradagi dastlabki qadamlar tashlandi. Ushbu loyiha davlatimiz, qolaversa, xalqaro futbol tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu baza asosiy jamoalarimizning yig‘in o‘tkazishi, mashg‘ulotlar, tiklanish, hordiq chiqarish va jismoniy holatni yaxshilash uchun barcha sharoitlarga ega bo‘ladi. Qarorgoh bahavo hududda, suv bo‘yida joylashadi. Zamonaviy texnika bilan jihozlanadi.

Ishonamanki, ushbu loyiha milliy futbolimizning, ayniqsa turli yoshdagi terma jamoalarimizning yangi bosqichga chiqishida va muhim musobaqalarga sifatli tayyorgarlik olib borishida katta xissa qo‘shadi», — deya ta’kidlab o‘tdi Abdusalom Azizov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring