Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasining Senegal va Marokashga qarshi o‘yinlari «Sport» telekanalida namoyish etiladi

O‘zbekiston terma jamoasining Senegal va Marokashga qarshi o‘yinlari «Sport» telekanalida namoyish etiladi

Foto: «Uzhits.net»

Xabaringiz bor, shu yilning 23 va 27-mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Kecha terma jamoa a’zolari «Paxtakor» stadionida mashg‘ulot olib borishdi. Avval xabar qilinganidek, milliy terma jamoani safardagi o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar kengashi boshqarib boradi. Mirjalol Qosimov, Ro‘ziqul Berdiyev, Shota Arveladze kabi mutaxassislar terma jamoani shakllantirish, tarkibga futbolchilarni jalb qilish va mashg‘ulotlar olib borishda Temur Kapadzega o‘z maslahatlarini berib o‘tishdi.

Ammo Shota Arveladze va Ro‘ziqul Berdiyev milliy terma jamoa bilan Marokashga borishmaydi. Arveladze FIFA kunlaridan foydalanib oilaviy masala bo‘yicha Gruziyaga yo‘l oladigan bo‘ldi. Ro‘ziqul Berdiyev esa «Nasaf» klubi bilan OChLning navbatdagi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, bugun terma jamoamiz Temur Kapadze va Mirjalol Qosimov boshchiligida mazkur o‘yinlarni o‘tkazish uchun jo‘nab ketdi. Vakillarimiz Kasablankaga Turkiyaning Istanbul shahri orqali uchib ketishdi.

Futbolchilarimiz Turkiyada bir kun mashg‘ulot o‘tkazishadi va keyin Marokashga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Senegalga qarshi uchrashuv 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:00da, Marokashga qarshi bahs esa bizning vaqt bilan 27 dan 28-mart kuniga o‘tar kechasi soat 01:00da boshlanadi. Ushbu o‘yinlar «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring