Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022-yilgi JChga chiqishi kerak»

Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022-yilgi JChga chiqishi kerak»

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi 23 yoshgacha (U-23) bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilmoqda.

Foto: «The-afc.com»

Ayni paytda O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi  bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada O‘FF bundan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi deb nomlangani ma’lum qilindi, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti etib saylandi.

Konferensiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining maxsus muxbiri ham qatnashmoqda. Uning xabar berishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari  hisobot saylov yig‘ilishi davomida ma’ruza qilgan.

«Men davlatimiz rahbari bilan suhbatda bo‘ldim va jiddiy topshiriq olganman. O‘zbek futbolini yo bor qilamiz, yoki butunlay yo‘q qilamiz», deb aytgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti.

Ochilboy Ramatovning aytishicha, O‘zbekiston olimpiya va milliy terma jamoasi 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari hamda 2022- yilgi Jahon chempionatining final bosqichida qatnashishi kerak. «Bu Prezident topshirig‘i», deya ta’kidlagan u. Ushbu topshiriqlarning ijrosi davlat rahbari tomonidan aynan Ochilboy Ramatovga yuklatilgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti buning uchun terma jamoalar va futbolchilarga hamma sharoit yaratilishi, milliy terma jamoa bosh murabbiyi ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘qligi ma’lum qilgan. «Federatsiyada pul bo‘ladi, bundan havotir olmang, — deb aytgan u. — Biz birovning qo‘liga qarab qolganimiz yo‘q. Hamma natijaga erishganlarni rag‘batlantira olamiz. Mamlakat ichkarisidayam, tashqarisidayam bizga yordam beridiganlar bor».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring