«Real» g‘alaba qozongan o‘yinda Ronaldu yubiley golini urdi (video)
Kecha Ispaniya chempionatining 27-turida Madridning «Real» klubi o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda «Qirollik klubi» yetakchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining yubiley — 300-golini kiritdi.
Shu tariqa, u Ispaniya chempionatida 300tadan ko‘p gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. «Barselona» yetakchisi Lionel Messi hisobida esa 372 ta gol bor.
Bugun 27-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. «Barselona» «Kamp Nou»da «Atletiko»ni qabul qiladi.
Ispaniya La ligasi, 27-tur
«Real Madrid» — «Xetafe» 3:1
Gollar: Garet Beyl, 24 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 45 (2:0). Fransisko Portilo, 65-pen (2:1). Krishtianu Ronaldu, 78 (3:1).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter