Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni yenga olmadi

 «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni yenga olmadi

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bahsida «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi.

Uchrashuvni mehmonlar faol boshlashdi va bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirib, Kristian Pulishichning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi.

Ushbu goldan keyin «Real» biroz faollikni oshirdi va Karim Benzema ko‘magida hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar deyarli sodir bo‘lmadi va durang natija o‘zgarishsiz qoldi.

«Real» — «Chelsi» 1:1

Gollar: Benzema (29) — Pulishich (14).

Real — Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 77), Militao, Varan, Nacho, Marselo (Asensio, 77), Kazemiro, Kroos, Modrich, Vinisius (Azar, 66), Benzema (Rodrigo, 90+2).

Chelsi —  Mendi, Kristensen, Tiago Silva, Ryudiger, Aspilikueta (Jeyms, 66), Kante, Jorjino, Chilluell, Maunt, Verner (Haverts, 66), Pulishich (Ziyosh, 66).

Ogohlantirishlar: Vinisius (27), Pulishich (38), Kroos (60), Marselo (65), Varan (78), Odriosola (89).

Javob bahsi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring