Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» o‘z xaloskorini qaytardi

«Real» o‘z xaloskorini qaytardi

«Real» klubi rasman Santyago Solarini iste’foga chiqardi va Zayniddin Zidan bilan 2022-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Zayniddin Zidan avval ham Qirollik klubi qiyin ahvolga tushganida murabbiy sifatida jamoani qabul qilib olgan va 2016-2018-yillar oralig‘ida uning boshqaruvidagi «Real» Chempionlar ligasida qatorasiga uch marta g‘alaba qozongan edi. O‘shanda u Rafa Benitesni almashtirgan edi.

Zidan jamoani tark etganiga hali bir yil ham to‘lgani yo‘q. Ammo madridliklar ikki bor murabbiy almashtirishga (Lopetegi va Solari) ulgurishdi. Bu orada nomdor klub muhim musobaqalardan chiqib ketdi, chempionatdagi ahvolini esa og‘irlashtirib yubordi.

Ana endi afsonaviy futbolchi yana jamoani qutqarishiga va oyoqqa turg‘azishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring