Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Samarqandda jahon chempionati boshlanadi

Bugun Samarqandda jahon chempionati boshlanadi

Samarqand shahrida shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha VI jahon chempionati boshlanmoqda.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarga teng. VI jahon chempionatida dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turgan grossmeysterlar Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattarov, Daniil Dubov, Gukesh Dommaradju, Vinsent Kaymer, Shaxriyar Mamedyarov, Yan-Kshishtov Duda, Yu Yan’i, Maksim Vashe-Lagrav, Levon Aronyanlar ishtirok etadi.

Bugun 1-5-turlar, ertaga 6-9-turlar, ertadan keyin esa 10-13-turlar bo‘lib o‘tadi.

Chempionat 30 dekabr kuniga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring