Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi

Foto: «Instapu.com»

Toshkent vaqti bilan ertaga, 11-mart kuni tong saharda havaskor boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov va Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi ilk janglarini o‘tkazishadi.

G‘iyosov AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan professional boks kechasida argentinalik Nikolas Velaskes (10 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 0 durang)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu Shahramning professional boksdagi debyut jangi bo‘ladi.

Bu kechada Murodjon Ahmadaliyevning raqibi esa argentinalik David Paz (4-4-1) bo‘ladi.

Janglar Toshkent vaqti bilan 11-mart kuni tongi soat 05:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring