Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sietl» Messini sovrinsiz qoldirdi

«Sietl» Messini sovrinsiz qoldirdi

Foto: Miami Herald

KONKAKAF mintaqasi Ligalar kubogi finalida «Sietl» «Inter Mayami»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Hal qiluvchi bahsda raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritgan «Sietl» o‘z tarixida ilk bor ushbu turnir g‘olibi bo‘ldi.

Messi, Suares, Buskets, Alba va de Paul kabi yulduzlar to‘liq o‘yin o‘tkazishi ham «Inter Mayami»ni qutqara olmadi.

Turnirda 3-o‘rinni «Orlando Siti»dan ustun kelgan «Los-Anjeles Gelaksi» qo‘lga kiritdi.

Ligalar kubogi. Final

Sietl Saunders Inter Mayami 3:0

31-avgust. Sietl. «Lyumen Fild»

Gollar: De Rosario (26), A.Roldan (82, penalti), Rotrok (89).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring