Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taekvondochilarimiz Jahon kubogining kumush medaliga sazovor bo‘lishdi

Taekvondochilarimiz Jahon kubogining kumush medaliga sazovor bo‘lishdi

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyning Usi shahrida o‘tkazilgan aralash jamoaviy yo‘nalishdagi Jahon kubogining finaliga yo‘l olgandi.

Musobaqa aralash jamoaviy yo‘nalishda o‘tkazildi. Hamyurtlarimiz chorak finalda Marokash, yarim finalda Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Yurtdoshlarimiz hal qiluvchi bahsda xitoylik sportchilarga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz ruhda kechgan janglar mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi va hamyurtlarimiz kumush medalga ega chiqishdi.

Qayd etish joiz, taekvondochilarimiz ilk marotaba ushbu bosqichga yetib kelishdi. Musobaqada Ozoda Sobirjonova, Feruza Sodiqova, Jasur Jaysunov va Shuhrat Salayev yurtimiz sharafini himoya qildilar.

E’tiborlisi, endi taekvondochilarimiz Parij-2024 Olimpiadasining aralash jamoaviy dasturida ko‘rgazmali chiqishda ham qatnashishadi.

Taekvondo WT bo‘yicha aralash jamoaviy yo‘nalishi yirik kompleks musobaqalar dasturiga kiritilmoqda. Ushbu yo‘nalish Parij-2024 ga ko‘rgazmali dastur sifatida kiritilgan bo‘lsa, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan boshlab medallar jamlanmasi o‘ynalishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring