Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij olimpiadasiga navbatdagi yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi

Parij olimpiadasiga navbatdagi yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi

Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo litsenzion turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ozoda Sobirjonova (-67 kg) o‘zining yarim final jangini o‘tkazdi. Quvonarlisi, vetnamlik Ti Kem Bakka qarshi kechgan ushbu jangda Sobirjonova kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alaba orqali Ozoda Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ushbu Osiyo litsenzion turnirida ikkinchi sportchimiz ham o‘z yurishini g‘alaba bilan yakunladi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Jaysunov (-80 kg) o‘zining yarim final jangini o‘tkazdi. Iroqlik Sayf Tohir Habibga qarshi kechgan jangda Jaysunov osonlik bilan 2:0 (17:2, 2:0) hisobida zafar quchdi.

Ushbu g‘alaba orqali Jasurbek Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Parijga bokschilarimiz (erkaklar) to‘liq tarkibda borishi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring