Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Keyrush kelgunga qadar O‘zbekiston terma jamoasini Temur Kapadze boshqaradi

Keyrush kelgunga qadar O‘zbekiston terma jamoasini Temur Kapadze boshqaradi

Foto: www.the-uff.com

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijdan kuchli murabbiy olib kelish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozircha bu borada og‘zaki kelishuvga erishilgan bo‘lib, tez orada rasmiy shartnoma imzolanadi va O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradigan mutaxassis nomi e’lon qilinadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi, JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, mana shu o‘yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tez orada Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini O‘FAga taqdim etadi.

Temur Kapadze faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» jamoasida boshlagan. Keyinchalik «Paxtakor», «Bunyodkor», «Inchxon» (Janubiy Koreya), «Sharja» (BAA), «Aktobe» (Qozog‘iston), «Lokomotiv» (Toshkent) klublarida to‘p surgan.

Temur Kapadze o‘tgan mavsumning oxirida futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan bo‘lib, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida eng ko‘p 119ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga portugaliya mutaxassis, Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush balan muzokaralar oolib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring