Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temur Kapadze terma jamoaga Server Jeparov va Azizbek Haydarovni nega chaqirmaganini aytdi

Temur Kapadze terma jamoaga Server Jeparov va Azizbek Haydarovni nega chaqirmaganini aytdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Temur Kapadze o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qilgan edi.

Kapazde kengaytirilgan tarkibda nima uchun Server Jeparov va Azizbek Haydarovga joy tegmaganlarini Milliy olimpiya qo‘mitasi saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- Bu eng avvalo kelajak uchun qilinayotgan ish. Chunki, yoshlarimiz safida ham kuchli futbolchilar bor. Oldimizdagi ilk vazifa tarkibni yoshartirib, ularni tayyorlab borish. Osiyo o‘yinlari, qit’a chempionati, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari va albatta jahon chempionati turibdi. Kelishilgan holda tarkibga Server Jeparovni ham, Aziz Haydarovni ham chaqirmadik. Tarkib yoshartirilayotgani sabab ushbu yig‘inga ularni bekorga ovora qilib chaqirib o‘tirishni istamadim. Qolaversa futbolda avlodlar almashinuvi tabiiy xolat. Buni barcha professional futbolchilar tushunishlari, to‘g‘ri qabul qilishlari lozim.

- Bu borada Serverning o‘zi qanday munosabat bildirdi?

- Unga barchasini tushuntirdim. U ham qarorni to‘g‘ri qabul qildi. Jeparov 35 yoshda. Balki, chet ellik murabbiy kelib uni yana milliy terma jamoaga chaqirar. Uni nimalarga qodir ekanligini barchamiz bilishimizni, hozir to‘p surayotgan klubidan bezovta qilmoqchi emasligimizni tushuntirdim. Uning qanday yordami tegishi mumkinligini barchamiz bilamiz. Shunchaki, hozir yoshlarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqchimiz. Shuningdek, Azizning ham imkoniyatini hamma biladi. Unga ham barchasini tushuntirdim. Ular to‘g‘ri qabul qilishdi. Chunki, bundan buyog‘iga hohlaymizmi yo‘qmi milliy terma jamoamiz asosini yoshlarimiz tashkil qiladi. Ularni hozirdan tayyorlab borsak to‘g‘ri bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring