Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«IQ»si baland bo‘lgan odamlar ko‘proq yolg‘izlikka duch keladi – tadqiqot

«IQ»si baland bo‘lgan odamlar ko‘proq yolg‘izlikka duch keladi – tadqiqot

Yuqori IQ (aqliy salohiyati baland) bo‘lgan odamlar ko‘proq yolg‘izlikka duch keladi va munosabatlarda qiynalishi mumkin. Bu tadqiqotlarchilarning kuzatuvlari natijasi.

Izlanishlarga ko‘ra, aqliy salohiyati yuqori odamlar ko‘pincha o‘zlarini boshqalardan ajralganday his qiladi. Ularga o‘z darajasida fikrlaydigan, tushunadigan insonni topish qiyinroq. Shu sababli yaqin munosabatlar qurishda muammolar bo‘ladi.

Tadqiqotlarga ko‘ra,  «IQ»si 130+ bo‘lganlarning 62 foizi «aqlim munosabatlarimni qiyinlashtiradi» deb g‘isoblaydi. O‘rtacha «IQ» egalarining esa 37 foizi shunday fikrda.

Buning sabablari – haddan ortiq tahlil qilish (hamma narsani chuqur o‘ylash), yuqori talab va tanlovchanlik, o‘ziga teng fikrlaydigan insonni topish qiyinligi hamda yolg‘izlikka ehtiyoj kattaroq bo‘lishi deb qaraladi.

Xulosa qilib aytganda, aqlli bo‘lish – hamma vaqt ham oson emas, chunki u ijtimoiy hayotda ayrim qiyinchiliklarni ham olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring