Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelajakka maktub...

Kelajakka maktub...

Bugungi qahramonimiz aloqa sohasida 44 yillik tajribaga ega mutaxassis, «Mohir aloqachi» faxriy unvoni sohibi Rahmonberdi Egamovich Zikirov. 

Faxriy aloqachi bugun 75 yoshni qarshiladi.

Rahmonberdi Zikirov aloqa sohasi rivojlanish tarixi va bu sohaning uning taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri haqida o‘z hikoyasini shunday boshlaydi:

– 1950-yil, 20-avgustda Chinoz tumani, «Yo‘ltushgan» qishlog‘ida tug‘ilganman. 1956-yil 1-sinfga borib, 1966-yil 10-sinfni bitirdim. Matematika faniga qiziqqanligim uchun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirib, matematika fani o‘qituvchisi bo‘lmoqchiydim. Otam rahmatli ikki amakimni uyga chaqirib, ular bilan meni kelajagim haqida maslahat qildilar. «Kelajak aloqa sohasi bilan! Shu kasbga o‘qisa, kam bo‘lmaydi!» deb o‘z fikrini bildirgan amakilarimdan biri yillar o‘tib, haq bo‘lib chiqdi.

O‘sha kezlar fazogir Yuriy Gagarin qahramonligi shov-shuv bo‘lgan va falakiyot ilmiga qiziqish ortgan vaqtlar edi...  

1966-yil menga talaba bo‘lish nasib etmadi. Sababi, Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga kirish uchun fizika fanidan «yiqildim» va uyga qaytib ketdim. Kelasi yil yozgacha amakimni oldilarida kinomexanik yordamchisi bo‘lib ishladim va yana umid bilan Aloqa instituti ostonasiga keldim. Bu safar  matematika fanidan o‘tolmadim.

Nihoyat, 1968-yil men uchun  juda ham baxtli yil keldi! Shu yili talaba bo‘ldim! Shunday qilib, katta hayot, katta shahar meni o‘z quchog‘iga oldi!

Otamning pochta xizmatchisi bo‘lib ishlaganliklari meni shu sohaga yetaklagandir balki.

Bu taqdir! Hayotimni esa aloqa sohasi va xususan, pochtasiz tasavvur etolmayman!.. 

Qahramonimiz hikoyasi davomi bilan Xabar.uz’ning You Tube sahifasida tanishing.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring