Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar uchun yana bir muhim yangilik

Abituriyentlar uchun yana bir muhim yangilik

Foto: «Xabar.uz»

Abituriyentlarga super kontrakt miqdorining amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan tartibi belgilandi.

2021/2022-o‘quv yili qabul uchun tasdiqlangan «respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi» baholash mezonlari o‘zgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022-o‘quv yilida tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring