Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlar bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi

OTMlar bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Natijalarni 3 xil yo‘l bilan bilish mumkin.

Birinchisi my.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish kerak.

Ikkinchisi mandat.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritiladi.

Uchinchisi test natijalari qaydnomasi orqali. Bunda test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring