Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Axborot to‘fonlari asrida yashamoqdamiz...»

«Axborot to‘fonlari asrida yashamoqdamiz...»

Buxoroda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamkorligida axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan «Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar» mavzuida seminar-trening tashkil etildi.

Buxoro viloyat Turizm departamentida o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Buxoro va Navoiy viloyatlaridan 50 dan ziyod axborot xizmati xodimlari ishtirok etdi.

Agentlik bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov mazkur qarorning afzalliklari borasida so‘z yuritar ekan, matbuot kotiblarining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi bo‘yicha lavozimga tayinlanishi haqida to‘xtaldi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari mavqeining oshishi, to‘la imkoniyatlar yaratilishi va ularning xizmat majburiyatiga kirmaydigan qo‘shimcha majburiyatlarni yuklashga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.

O‘z o‘rnida tajribali trenerlar Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, media makonda mamlakat imijini shakllantirish, axborot makonida milliy manfaatlarga xizmat qiladigan axborotlar ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtaldi.

- Axborot xizmatlari faoliyati ikkita aspektda ko‘rib chiqilayapti. Birinchisi ularning nazariy bilimlarini oshirish, ikkinchi masala amaliy jihatdan ularning malakalarini boyitishdan iborat. Eng asosiysi, keng auditoriya, ya’ni aholi uchun  zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qiziqarli shaklda yetkazib berish. Hozir biz axborot to‘fonlari asrida yashayapmiz va axborot xizmati tarqatadigan rasmiy ma’lumotni odamlarga yetkazish uchun ancha ter to‘kish to‘g‘ri keladi. U o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Chunki axborot maydoni bir joyda turmaydi. U kunsayin o‘zgarib, takomillashib, qaysidir ma’noda murakkablashib borayapti. Demak, axborot xizmatlari xodimlari o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak,-O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetining professor-o‘qituvchisi Beruniy Alimov.

O‘quv-seminar doirasida ishtirokchilar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot ishining o‘ziga xos jihatlari, maqsad va vazifalari, tashkilot imidji va uni boshqarish, mediarejalashtirish asoslari, jamoatchilik va OAV vakillari uchun tadbirlar tashkil etishning samarali uslublari, PR-matnlar tayyorlash qoidalari, matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazish va shu kabi qator muhim masalalar bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Nazariy va amaliy bilim, ko‘nikmalarga boy o‘quv-seminarlari axborot xizmati xodimlarining o‘z ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etishida muhim omil hisoblanadi.

Laylo Hayitova

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring