Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qaror imzolandi

Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qaror imzolandi

Foto: «Sputnik»

Kecha, 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 130-son qarori chiqdi va Davlat test markazi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Mazkur qarorda Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, javobgarligi, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi, faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari belgilab berildi.

Shuningdek, Markazning faoliyatini tubdan yaxshilash maqsadida shtatlar birligi 150 nafar qilib belgilandi, endilikda uning tuzilmasi tarkibida oldingi mavjud boshqarmadan tashqari, yangidan tuzilgan 1 ta bosh boshqarma, 3 ta boshqarma, viloyatlardagi bo‘linmalari tashkil etildi.

Ushbu qarorga muvofiq, Davlat test markazi o‘z faoliyatini yangicha shaklda olib boradi. Bundan buyon test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish ishlarini ortiqcha bosimsiz, sifatli va muddatida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring