Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt qiymati 15 foizga oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt qiymati 15 foizga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bir talabaga to‘g‘ri keladigan kontrakt 15 foizga oshirildi. Kuzatuv kengashining ushbu qarori haqida universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan kontrakt summalari:

Bakalavriat:

  • 1-2-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz kontrakt summasi 33 mln 750 ming so‘m, stipendiyali kontrakt 40 mln 586 ming so‘m
  • 3-4-bosqich talabalari uchun esa stipendiyasiz kontrakt 27 mln 301 ming so‘m, stipendiyali kontrakt 34 mln 137 ming so‘m etib belgilangan.

O‘zbekistonda doimiy yashash hujjatiga ega, universitetning bakalavriatida tahsil oladigan xorijiy talabalar 38 million 400 ming so‘m, viza bilan kelgan xorijiy talabalar 44 million 800 ming so‘m to‘laydi.

Magistratura talabalari uchun kontrakt summasi 34 mln 560 ming so‘m, har oy stipendiya olmoqchi bo‘lganlar uchun 41 mln 396 ming so‘m etib belgilandi.

Manba: JIDU

Xabarga ko‘ra, universitetning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ta’lim sifatini yuqori darajada saqlab turish maqsadida kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari yo‘lga qo‘yilmagan, shu sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi ta’lim shakli to‘lov-kontrakt hisobidan amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring