Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika bo‘yicha 60 ta maktabda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Respublika bo‘yicha 60 ta maktabda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan respublika bo‘yicha jami 60 ta maktabda 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • O‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati;
  • Rus tilida ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati;
  • Ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati;
  • Ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun ikkinchi namunadagi o‘quv reja ikkinchi namunadagi o‘quv rejaga tushuntirish xati.

Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari pedagogik sinflar tashkil etilgan maktablarda dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun 2 nafardan professor-o‘qituvchilar biriktirish choralari ko‘radi.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etilishi haqida xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring