Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» kartinasini e’lon qildi

Saida Mirziyoyeva o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» kartinasini e’lon qildi

Miromonning «Troya» kartinasi.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida maktablarda navbatdagi o‘quv yili yakuniga yetganiga bag‘ishlangan post qoldirdi.

Saida Mirziyoyeva postga ikkita suratni ham ilova qildi — birida qizi Saodatning pianino chalayotgani, ikkinchisida o‘g‘li Miromon chizgan «Troya» kartinasi aks etgan.

Saodat pianino chalmoqda. Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

«Dam olish kunlari barchaga xayrli bo‘lsin!

Qolaversa, nafaqat navbatdagi hafta, balki butun bir o‘quv yili yakuniga yetmoqda. Bu shunday bir davrki, farzandlarimiz naqadar qiziquvchan, asosiysi, ulg‘ayib borayotgani tobora ayon bo‘ladi. O‘g‘ling trigonometrik funksiyalar va geometrik progressiyalarni osonlik bilan yechayotgani, rasmlari esa asta-sekin haqiqiy kartinalarga aylanayotganini sezasan.

Qizing esa musiqa darslarida Betxovenning «Elizaga» asarini yodlayotgani, o‘zbek, ingliz va rus tiliga qo‘shimcha ravishda fransuz tilini ham o‘rganishni istayotganini tushunasan.

Nega farzandlarimiz muvaffaqiyatlaridan o‘z yutuqlarimizdan ham ortiq faxrlanamiz, ularning kichik g‘alabalaridan xursand bo‘lamiz? Ehtimol, inson baxtli kelajakka inonishi uchundir. Shu ishonchning eng mustahkam poydevori esa bizning odobli va bilimli farzandlarimizdir!

Farzandlaringiz-chi, o‘quv yili yakunida ular sizni nima bilan xursand qildi?», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring