Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha — ta’lim

Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha — ta’lim

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘tgan sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.

«Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli.

Bu – bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta’lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!

Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha — ta’lim, eng hurmatli insonlar — o‘qituvchi va murabbiylardir!», — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring