Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha yengilliklar belgilandi

Super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha yengilliklar belgilandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq yoshlar o‘qishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida, istisno tariqasida qo‘shimcha tanlov huquqi berildi.

Unga ko‘ra, abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyevning bildirishicha, o‘tgan yillari abituriyentlarda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Ular qaysidir yo‘nalishga o‘qishga kirdimi, boshqa yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olishmagan. Bu yil esa istisno tariqasida BIRINChI yo‘nalishda o‘qishga ruxsat berildi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha super-kontrakt narxlari ham e’lon qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring