Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiyot va moliya vazirligining qator vakolatlari yangi Agentlikka o‘tkaziladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining qator vakolatlari yangi Agentlikka o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etilmoqda.

“Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–17-son, 04.02.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Agentlik);
  • Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Agentlikka o‘tkaziladi.

2026 yil 1 iyuldan:

  • Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantiradi va e’lon qilib boradi;
  • o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlar bilan o‘rnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi;
  • Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qo‘shilgan qiymat ulushi qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlarga kiritiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring