Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida turk tili va madaniyati markazi ochildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida turk tili va madaniyati markazi ochildi

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turk tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. 

Marosimda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er janoblari hamda O‘zbekiston va Turkiyaning eng mashhur universitetlari olimlari ishtirok etishdi.

Ushbu markazda endilikda turk tilini o‘rganuvchilar uchun maxsus to‘garaklar, turli adabiy-badiiy kechalar o‘tkaziladi. Qolaversa, Turkiya ilm muassasalari bilan hamkorlikda loyihalar ham mazkur markazda muvofiqlashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring