Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «ToshTech» texnika universiteti tashkil etiladi

Toshkentda «ToshTech» texnika universiteti tashkil etiladi

Prezidentning joriy yil 11-sentyabrdagi «Toshkent shahrida «ToshTech» texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ–274-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida «ToshTech» texnika universiteti tashkil etiladi.

Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.

2025/2026 o‘quv yilidan Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan 1 yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.

2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

2027/2028 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.

Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.

2029/2030 o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi. 

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring