Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda vaqtincha propiska bilan yashayotganlar farzandini qaysi maktabga beradi?

Toshkentda vaqtincha propiska bilan yashayotganlar farzandini qaysi maktabga beradi?

Foto:«Xabar.uz»

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Toshkent shahrida vaqtincha propiska bilan yashayotganlarning farzandlari yoki Toshkent viloyatidan qatnab o‘qiyotganlar qaysi maktabda o‘qishi haqidagi savolga javob berib o‘tdi. Bu haqda tadbirda qatnashayotgan «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda. 

— Toshkent shahridagi 301 ta maktabdan faqat 81 tasida mikrohududdan tashqarida yashaydiganlar 1-sinfga kirishda qo‘shimcha to‘lov joriy etilishi ko‘zlangan. Chunki bu maktablarda o‘quvchilar soni me’yordan oshib ketgan. Boshqa maktablar uchun bunday qoida yo‘q.

Vaqtincha propiska bilan yashayotganlar yoki viloyatdan qatnab o‘qiydiganlar bo‘lsa, bemalol qolgan 220 ta maktabga joylashib, o‘qishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring