Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalq ta’limi fidoyisi» nishoni ta’sis etildi

«Xalq ta’limi fidoyisi» nishoni ta’sis etildi

Foto:«Huquqiy axborot» 

Hukumat qarori bilan «Xalq ta’limi fidoyisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Ko‘krak nishoni bilan xalq ta’limi sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda xalq ta’limi sohasiga rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Nishon har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Xalq ta’limi vaziri tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Nishon bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

«Xalq ta’limi fidoyisi»​ ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish sxemasi quyida keltirilgan:

Foto:«Huquqiy axborot» 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring