Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro ekspert xorij diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha savollarga javob beradi

Xalqaro ekspert xorij diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha savollarga javob beradi

Foto: Yoshlar media markazi

Xorijda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash jarayoni va uni soddalashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining xalqaro darajadagi eksperti Vera Skorobogatova yurtimizga keladi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi.

Ekspert bilan ta’limdagi to‘siqlarning olib tashlash, o‘zaro hamkorlik va boshqa bir qator masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan  uchrashuv tashkil etiladi. Uchrashuv 20-fevral kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Ta’lim inspeksiyasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ta’lim, malaka, va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiq uchun kiritilgan.  

Shu kuni ishtirokchilar xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash bo‘yicha savollarga javob oladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring