Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda olingan ilmiy daraja va unvonlar qanday tan olinadi?

Xorijda olingan ilmiy daraja va unvonlar qanday tan olinadi?

Foto: Google.com

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja va unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada tegishli nizomlar loyihalari muhokamaga qo‘yildi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja va unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun so‘rovnoma va quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:

Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbari imzolagan yo‘llanma xat yoki talabgorning arizasi. Xatda talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi (ishlayotgan bo‘lsa), shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomi (unvon attestati)ni olganligi, ilmiy daraja (unvon)ning rasmiy nomi, xorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami, dissertatsiya mavzusi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;

ilmiy daraja diplom (unvon attestati) nusxasi. Xorijiy davlatda ilmiy daraja (unvon) olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi;

talabgor to‘g‘risida ob’yektiv-ma’lumotnoma (talabgor passport nusxasi ilova qilinadi);

dissertatsiya va mavjud bo‘lsa uning avtorefarati (elektron versiyalari);

ilmiy unvon bo‘yicha Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi majlisi bayonnomasi.

Ilmiy daraja va unvonlar olganlik bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar 2 oydan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ilmiy darajalarga olti baravar va ilmiy unvonlarga ikki baravar miqdorida yig‘im undiriladi.

Qayd etilishicha, talabgor tegishli hujjatlari bilan Davlat xizmatlari agentligiga tashrif buyurish orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojjat qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring