Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi o‘quv yili uchun darsliklar ijarasi narxi e’lon qilindi

Yangi o‘quv yili uchun darsliklar ijarasi narxi e’lon qilindi

Foto:«Gazeta.uz»

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlarini hisoblash tizimini soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to‘lovi - 2200 so‘m miqdorida joriy qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

To‘plam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va ta’lim tillari kesimida ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi.

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovini amalga oshirish muddati 10-oktyabrgacha uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish ham mumkin. Bunda mazkur to‘lovning 50 foizi 10-oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha to‘lanadi.

2-sinf

O‘zbek, rus tillarida - 12 ta darslik - 26400 so‘m
Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida - 13 ta darslik - 28600 so‘m

3-sinf

O‘zbek, rus - 11 - 24200 so‘m
Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 12 - 26400 so‘m

4-sinf

O‘zbek, rus - 11 - 24200 so‘m
Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 12 - 26400 so‘m

5-sinf

O‘zbek, rus - 13 - 28600 so‘m
Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 14 - 30800 so‘m

6-sinf

O‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 15 - 33000 so‘m

7-sinf

O‘zbek, rus - 17 - 37400 so‘m
Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 18 - 39600 so‘m

8-sinf

O‘zbek - 18 - 39600 so‘m
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 19 - 41800 so‘m

9-sinf

O‘zbek - 17 - 37400 so‘m
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 18 - 39600 so‘m

10-sinf

O‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 18 - 39600 so‘m

11-sinf

O‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 20 - 44000 so‘m


Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni umumta’lim maktab kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash tartibi o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring