Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlarimiz eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 10 ta medal olishdi

Yoshlarimiz eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 10 ta medal olishdi

Foto: «Egf.tuvsu.ru»

Bugun 53-Xalqaro kimyo olimpiadasining natijalari e’lon qilindi. Yoshlarimiz 1 ta oltin va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ma’lum qildi.

Shu bilan joriy yildagi eng nufuzli xalqaro olimpiadalar tugadi.

Natija — 10 ta medal (2020 yilda 6 ta):

3 ta oltin (1 ta);

2 ta kumush (4 ta);

5 ta bronza (1 ta).

Prezident qaroriga ko‘ra, Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari quyidagi mukofot pullariga ega bo‘ladilar:

— oltin medal sohibiga – 122 mln. so‘m, o‘qituvchisiga – 110 mln. so‘m;

— kumush medal sohibiga – 73 mln. so‘m, o‘qituvchisiga – 61 mln. so‘m;

— bronza medal sohibiga – 49 mln. so‘m, o‘qituvchisiga – 36 mln. so‘m.

Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.

Bundan tashqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI xalqaro fan olimpiadalarida sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring