Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Android» va «iPhone»da qanday qilib so‘zlashuvlarni yozib olish mumkin?

«Android» va «iPhone»da qanday qilib so‘zlashuvlarni yozib olish mumkin?

Foto: «Android-tip.com»

«Android» smartfonlarda qanday qilib suhbatlarni yozib olish mumkin

Quyida keltiriladigan dasturlar internetga ulanmagan holda avtomatik ravishda qo‘ng‘iroqlarni yozib oladi. Buning uchun kerakli dasturni ko‘chirib olishib, kerakli sozlamalarni bajarishingiz darkor.

«Cube Call Recorder ACR»

Mazkur dastur nafaqat mobil aloqani, balki «Skype», «Telegram», «WhatsApp», «Facebook Messenger» va «Viber» kabi messenjerlar tomonidan internet orqali amalga oshirilgan ovozli qo‘ng‘iroqlarni ham yozib oladi. Biroq ushbu funksiyada barcha smartfonlarda ham ishlamaydi, uni sinab ko‘rish uchun dasturni o‘z smartfoningizga o‘rnatib ko‘rishingiz kerak.

«Cube Call Recorder ACR» odatda barcha suhbatlarni yozib oladi, biroq siz unga kerakli ro‘yxatni kiritishingiz va bu orqali yozib olinishi shart bo‘lmagan suhbatlarni belgilab qo‘yishingiz mumkin.

Dasturni yuklab olish bepul, shuningdek, uning ichida reklamalar ham yo‘q. Shunga qaramay, uning pulli versiyasini sotib olib, yozib olingan audiolarga PIN-kod o‘rnatsangiz ham bo‘ladi.

«Qo‘ng‘iroqlarni yozib olish»

Ushbu dastur yordamida avtomatik ravishda faqatgina belgilangan kontaktlarni, noma’lum raqamdan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni yoki barcha qo‘ng‘iroqlarni yozib olish mumkin.

Dasturda yozib olingan audiolar omboriga PIN-kod qo‘yish funksiyasi bor. Bulutli dikslar sinxronlashadi va ovoz sifatini sozlash imkoniyatini beradi. Pulli versiyasida rekalamalar yo‘q hamda avtomatik ravishda yuklangan audio fayllarni «Google Drive» yoki «Dropbox»ga yuklash mumkin.

«Men uchun qo‘ng‘iroqlarni avtomatik tarzda yozib olish»

Mazkur dasturning qo‘ng‘iroqlar uchun yaratilgan filtrini aytmasa, yuqoridagi ikkisidan ancha soddaroq qilib ishlangan. Qo‘shimcha funksiyalari ichida yozib olingan audiolar ovozini balandlatish va PIN-kod orqali himoyalash imkoniyati mavjud. Sozlamalarni «kovlash»ni yoqtirmaydigan foydalanuvchilar uchun ushbu dastur ayni muddao. Faqatgina ekranni to‘liq qoplab oladigan reklamalarga chidash kerak, ularni o‘chirib qo‘yish esa pulli.

Foto: «Layfxaker»

«iPhone»larda qanday qilib suhbatlarni yozib olish mumkin

iOS operatsion tizimidagi cheklovlar sabab «iPhone»larda suhbatlarni yozib olish biroz mushkul, biroq shunga qaramay bir nechta usullar mavjud.

Mobil dastur orqali

«App Store»dan konferens-aloqa yordamida qo‘ng‘iroqlarni yozib oladigan dasturni topish mumkin. U quyidagicha ishlaydi: siz suhbatda biror bir odam orqali botni yuklaysiz, u esa suhbatga aralashmagan holda uni yozib oladi va ma’lumotlarni internet orqali sizga uzatadi.

Bu kabi dasturlar orasida «TapeACall Lite» va «Call Recorder Unlimited» eng ommaboplari. Ikkala dastur ham deyarli bir xil va videoqo‘llanmasi ham borligi sabab undan foydalanish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

«TapeACall Lite» va «Call Recorder Unlimited»  7 kunda bepul ishlaydi, shundan so‘ng har oy foydalanuvchining kartasidan belgilangan midordagi pulni yechib oladi. Shunday ekan, ushbu dasturlardan foydalanib bo‘lgach, unga «ulanishni» bekor qilishni unutmang.

Maxsus qurilma yordamida

«iPhone»lar uchun suhbatlarni yozib olishga mo‘ljallangan maxsus aksessuarlar ham mavjud. Masalan, «Call recorder» — u mobil aloqalar va messenjerlar orqali amalga oshirilgan onlayn-qo‘ng‘iroqlarni yozib oladi.

Qanday qilib istalgan telefonda suhbatlarni yozib olish mumkin?

Hammaga ma’lum bo‘lgan usul — suhbatni diktofonga yozib olish. Qoidasiga ko‘ra, siz telefon orqali gapirishni boshlasangiz, ovozni yozib olishga mo‘ljallangan dastur mikrofonni o‘chirib qo‘yadi. Biroq har doim aynan shu dastur o‘rnatilgan smartfonni topish va o‘z telefoningiz yaqiniga olib kelishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring