Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Anomal sovuqda aloqa ta’minoti uzluksizligi ta’minlanmoqda (foto)

Anomal sovuqda aloqa ta’minoti uzluksizligi ta’minlanmoqda (foto)

Bugun axborot texnologiyalari va zamonaviy telekommunikatsiya imkoniyatlari hayotimizning asosiy qismiga aylanib ulgurgan.

Ayni paytda kundalik faoliyatimizni ularsiz tasavvur qilishimiz amrimahol. Oddiy misol, odatiy kun tartibimizda ham uzoqdagi yaqinlarimizdan hol-ahvol so‘rash uchun ham aloqa tarmog‘i doimiy ishchi holatida bo‘lishi zarur.

Shularni inobatga holda «O‘zbektelkom» AK va uning joylardagi hududiy filiallari xodimlari anomal sovuq ob-havo sharoiti bo‘lishiga qaramay xalqimizning doimiy aloqada qolishini ta’minlash uchun o‘zlarining kundalik faoliyatini uzluksiz davom ettirishmoqda.

Soha mutaxassislari tomonidan mobil aloqa tayanch stansiyalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, hududlarga optik tolali aloqa liniyalarini qurish hamda abonentlarni tarmoqqa ulash ishlarini olib bormoqda. O‘z o‘rnida shunday sovuq havoda mehnat qilayotgan soha xodimlari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Kompaniya hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan og‘ir vaziyatda ham o‘z faoliyatini davom ettirayotgan ishchilar issiq ovqat va munosib ish sharoitlari bilan ta’minlanmoqda.

Jumladan, poytaxt aholisining katta qismi simli internet xizmatlari bilan ta’minlayotgan kompaniyaning Toshkent shahar telefon tarmog‘i filiali, viloyat aholisining aloqa va telekommunikatsiya xizmatlaridan uzluksiz foydalanishiga hissa qo‘shayotgan Toshkent viloyati filiali hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutaxassilari, elektormontyor va ishchi-muhandislari ish jarayoni issiq ovqat va qulay mehnat sharoitlari bilan ta’minlandi.

Kompaniyaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ilgari surilgan ushbu xayrli amaliyot boshqa hududiy filliallarda ham davom ettirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan yagona maqsad, har qanday ob-havo sharoitda ham respublikamiz aholisining doimiy aloqada qolishini ta’minlashdan iboratdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring