Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir o‘q bilan ikki quyonni urayotgan koreyslar (video)

Bir o‘q bilan ikki quyonni urayotgan koreyslar (video)

Skrinshot

Janubiy Koreyaning Tejon va Sejon shaharlarini bog‘lovchi avtomagistral bo‘ylab o‘rtada velosipedchilar uchun yo‘lak qurildi. Uzunligi naq 32 kilometr.

Veloyo‘lakni qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan mashinalar oqimidan xavfsiz to‘siq ajratib turadi. Muayyan masofalarda velosipedchilar xavfsiz chiqib ketishi uchun yer osti yo‘llari qurilgan.

Shunchaki qurib qo‘yishsa ham bo‘lardi. Yo‘q, bu koreyslar, bu Janubiy Koreya. Yo‘lakning ustini velosipedchilarni quyosh nuridan asrovchi tom bilan yopishdi. Tom esa quyosh nurini energiyaga aylantiruvchi panellardan iborat.

To‘plangan tok avvalo shu katta yo‘lni kechasi yoritishga sarflanadi, ortgani esa elektromobillarni quvvatlovchi stansiyalarga yuboriladi. Avtomobilchilar ikki karra rozi, velosipedchilar esa bexavotir manzilga yetib olishadi. Ekologiyaga zarar yo‘q.

Mana sizga tejamkorlik va aqlli qaror, muammoni muvaffaqiyatga aylantirishga bir misol.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring