Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bitkoin kursi yangi rekord narxni qayd etdi

Bitkoin kursi yangi rekord narxni qayd etdi

21-may kuni AQShda steyblkoinlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi kutilayotgan bir paytda bitkoin kursi rekord darajaga yetdi

Bitkoin narxi 1,8% ga oshib, 108 949 ming dollarni tashkil etdi. Savdolar davomida u 109 497 ming dollargacha ko‘tarildi, bu tarixdagi yangi rekord ko‘rsatkichdir. Avvalgi rekord 20-yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi kuni o‘rnatilgan edi. 

 AQSh Senati Genius qonunining yangi versiyasini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Hujjat an’anaviy valyutalarga bog‘langan steyblkoinlar - kriptoaktivlarni federal tartibga solishni nazarda tutadi. Endi u keyingi muhokamaga o‘tadi. Qonun loyihasi mualliflari u shu haftadayoq qabul qilinishi mumkinligiga umid qilmoqda. 

 “Biz Tramp ma’muriyatidan kriptovalyuta sanoatiga yangi yondashuvni ko‘ryapmiz”, dedi Galaxy Digital kompaniyasidan Maykl Novogratsz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring