Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mark Sukerberg «Facebook»ning aybini tan oldi

Mark Sukerberg «Facebook»ning aybini tan oldi

Foto: «Ukropnews.com»

Eng yirik ijtimoiy tarmoq — «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi yuzasidan ish olib borgan «Cambridge Analytica» ijtimoiy tarmoqning zaif jihatini aniqlagani va foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlaridan noto‘g‘ri foydalanganligini tan oldi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Facebook»ni men ishga tushirganman, shunday ekan bizning platformada sodir bo‘layotgan barcha narsaga javobgarman. Men jamiyatimiz himoyasiga jiddiy yondoshaman. Yangi dasturlarda «Cambridge Analytica» bilan sodir bo‘lgan muammolar takrorlanmasa-da, bu sodir bo‘lgan holatni o‘zgartirmaydi», — deb yozadi Sukerberg o‘zining «Facebook»dagi sahifasida.

Sukerberg shaxsiy ma’lumotlar dastlab nomi oshkor etilmagan tadqiqotchi tomonidan o‘quv maqsadlarida qo‘llanilganligi va bunda belgilangan maxfiylik qoidalarining barchasiga rioya etilganligini ma’lum qildi. Keyinchalik ma’lumotlar yot kompaniyalar, jumladan «Cambridge Analytica»ga taqdim etilgan.

Sukerberg ijtimoiy tarmoq xavfsizligini yaxshilash borasida aniq uchta qadamni sanab o‘tdi. Birinchisi, shubhali faoliyatga ega barcha dasturlarni to‘liq tekshirish. Tekshiruvdan bosh tortgan dasturchilar «Facebook API»dan foydalanish huquqidan mahrum qilinadi.

Ikkinchidan, «Facebook» yot dasturchilarga foydalanuvchilar ma’lumotidan foydalanish cheklovini yanada kuchaytiradi. Masalan, dasturchining huquqi foydalanuvchi uning dasturidan uch oy davomida foydalanmasa bekor qilinadi. Foydalanuvchining dasturga kirishida begona dasturchilarga faqat uning ismi, surati va pochta manzili taqdim etiladi.

Uchinchidan, yangiliklar lentasining yuqori qismida foydalanuvchiga o‘zi ishlatayotgan dasturlar haqida ma’lumotlar chiqib turadi. Shu orqali «Facebook» foydalanuvchilarga begona dasturlarni osonlikcha bloklash imkoniyatini taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring